AQSH bilan urush hali tugamadi – Eron armiyasi

Olam

image

Eron AQSH bilan urush hali tugamagan deb hisoblaydi. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Eron armiyasi vakili Muhammad Akraminiya mamlakat televideniyesi efirida so‘z ochdi.

“Hozirgi vaziyatga kelsak, biz urush tugadi deb hisoblamaganmiz... Biz uchun hozirgi holat hali ham harbiy vaziyatdir. Qadrli Eron xalqini ishontirib aytamanki, agar dushman yana tajovuz qilsa, u Eronning yangi vositalari, yangicha yondashuvi va yangi sohalardagi (javobi) bilan to‘qnash keladi”, deydi u.

Eron armiyasi vakili, shuningdek, amaldagi sulh vaqtida Tehron Eronga hujum qilingan taqdirda javob qaytarish uchun ehtimoliy nishonlar ro‘yxatini yangilashga hamda qurol-yarog‘larni ishlab chiqarish va yangilashga harakat qilganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Isroil joriy yil 28 fevral kuni Eron hududidagi ob’ektlarga zarbalar berishni boshlagan edi. Ushbu tajovuz qurbonlari soni 3 ming kishidan oshdi. Vashington va Tehron 8 aprel kuni o‘t ochishni ikki haftaga to‘xtatish haqida e’lon qildi. Shundan so‘ng Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiz yakunlandi. Tramp 21 aprel kuni Tehron nizoni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etgunga va muzokaralar yakunlangunga qadar sulh muddatini uzaytirishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing