AQSH va Grenlandiya bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi

Olam

image

Kecha, 13 fevral kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvdan so‘ng Grenlandiya masalasi yuzasidan qo‘shimcha muzokaralar olib borilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Unda Grenlandiya Bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen ham ishtirok etgan. Tomonlar orolni boshqarish va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Muzokaralar maxsus ishchi guruh darajasida davom ettirilishi qayd etilgan.

Mazkur uchrashuv AQSH Prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani egallash yoki uni nazoratga olish ehtimoli haqida bir necha bor bayonot berganidan keyin o‘tkazilgan. Tramp jurnalistlarga bir necha marta bu borada muzokaralar davom etayotganini bildirgan. 

AQSH ma’muriyati Grenlandiya masalasini Rossiya va Xitoy bilan bog‘liq milliy xavfsizlik omillari bilan izohlamoqda. Daniyada esa AQSH elchixonasi oldida bunga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.

So‘rovnomalarga ko‘ra, AQSH fuqarolarining aksariyati Trampning Grenlandiyani AQSH hududiga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamaydi. Hatto, respublikachilar orasida ham bu rejaga qarshilar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Grenlandiya aholisi orolning AQSHga qo‘shilishi uchun ovoz beradigan bo‘lsa, har bir fuqaroga 1 million dollar miqdorida to‘lov taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqishini aytgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh muzokaralar Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing