AQSH Kubaga nisbatan dengiz blokadasini joriy etishi mumkin
Olam
−
24 yanvar 1904 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kubaga neft yetkazib berishni to‘xtatish maqsadida harbiy-dengiz blokadasi joriy etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Politico” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan. Chunki ma’muriyat ichida bu chorani qo‘llab-quvvatlovchilar ham, unga qarshi bo‘lganlar ham bor.
Blokada g‘oyasini AQSH Davlat kotibi Marko Rubio qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq ayrim mansabdorlar neft yetkazib berishning to‘liq to‘xtatilishi orolda gumanitar inqirozga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Venesueladan yetkazib beriladigan neftning to‘xtashi allaqachon Kuba iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
“Politico”ning qayd etishicha, blokada Kuba kommunistik hukumatiga bosim o‘tkazish vositalaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bungacha Donald Tramp Gavananing endi Karakasdan na neft, na moliyaviy yordam olmasligini aytgan va Kuba rasmiylarini Vashington bilan kelishuvga borishga chaqirgan.
Live
Barchasi