AQSH Rossiya ishtirokida Ukraina bo‘yicha “Tinchlik kengashi” tuzmoqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelajakdagi kelishuv bajarilishini nazorat qilish uchun maxsus “Tinchlik kengashi” tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Financial Times”ga tayanib  The Moscow Times xabar bermoqda

Nashrga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp rahbarlik qilishi kutilayotgan ushbu kengash tarkibiga Ukraina, Yevropa, NATO va Rossiya vakillari kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Manbada ta’kidlanishicha, Ukraina modeli formati uchun avval tashkil etilgan «G‘azo bo‘yicha tinchlik kengashi» namuna bo‘ladi.  Ushbu organ kengroq vakolatga ega bo‘lishi va boshqa xalqaro mojarolarni hal qilish bilan ham shug‘ullanishi mumkin.  Nashr suhbatdoshlaridan birining aytishicha, Tramp ma’muriyati ushbu kengashni “BMTning potensial o‘rinbosari” sifatida ko‘rmoqda. Gap BMTning rolini pasaytirish va uning o‘rniga yangi samaraliroq mexanizm yaratish haqida ketmoqda. Xususan, amerikalik rasmiylar mazkur kengash nafaqat Ukraina, balki Venesueladagi inqirozni hal qilish bilan ham shug‘ullanishini taklif qilib ulgurishgan. 

Xabarga ko‘ra,  ismini oshkor qilmagan arab diplomati mintaqada bunday kengash vakolatini kengaytirish rejalariga ehtiyotkorona munosabatda ekanini aytib, buni «noodatiy jarayon» deb atagan. O‘z navbatida, amerikalik hukumat a’zosi  “Tinchlik kengashi”ning faoliyati hozirda faqat G‘azo sektori atrofida qurilayotganini va ayni paytda bu doiradan chiqmaganini ta’kidlagan. Ushbu tashabbus muhokamasi fonida bevosita muzokaralar ham davom etmoqda.

 Bugun 17 yanvar kuni AQSH va Ukraina vakillari Mayamida Rossiya bilan tinchlik kelishuviga erishish bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichini boshlaydi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, 20 banddan iborat tinchlik rejasi 90 foizga, xavfsizlik kafolatlari esa 100 foizga tayyor. Biroq, tomonlar hanuzgacha eng asosiy va bahsli masala –hududlar bo‘yicha mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf eta olishgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni tugatishga qaratilgan potensial tinchlik kelishuvini Vladimir Putin emas, aksincha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy to‘xtatib turganini ma’lum qilgandi.

Shahnoza Qurbonboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Rossiya Ukraina “Tinchlik kengashi”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing