AQSH siyosati sabab qariyb 17 ming muxlis JCH chiptalarini qaytarib berdi 

Sport

image

AQSH, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan Jahon chempionati uchun chiptalarni sotib olgan qariyb 17 ming nafar muxlis ularni qaytarib berishga qaror qildi. Bu haqda “Roya News” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu holat AQSHning Venesuelaga nisbatan olib borayotgan siyosatiga qarshi norozilik belgisi sifatida izohlanmoqda.

Nashrning xabar berishicha, turnirni boykot qilishga oid chaqiriqlar va oldindan sotib olingan chiptalarning qaytarib berilishi Xalqaro futbol federatsiyasini (FIFA) kelasi haftada favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga majbur qilgan. Ushbu yig‘ilishda xavfsizlik masalalari, siyosiy xavotirlar va muxlislar boykoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur vaziyat fonida 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari uchun chiptalar narxi ikkilamchi bozorda sezilarli darajada pasaya boshladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadi. Ular Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan. Mundial joriy yilning 11 iyunidan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati FIFA chiptalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing