Trampga berilgan tinchlik mukofoti noroziliklarga sabab bo‘lmoqda
Sport
−
12:02 2058 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ichida AQSH Prezidenti Donald Trampga tinchlik mukofoti topshirilgani sababli norozilik kayfiyati kuchayib bormoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
2025 yilning 5 dekabr kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati qur’asi marosimi chog‘ida FIFA prezidenti Janni Infantino Trampga tashkilot tomonidan birinchi bor ta’sis etilgan Tinchlik mukofotini topshirgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay esa AQSH Venesuela poytaxti Karakasga harbiy hujum uyushtirdi va mamlakat prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olindi. Shuningdek, Tramp Daniyaning Grenlandiya ustidan suverenitetini tan olmasligini bildirdi hamda Kuba “qulash arafasida” ekanini e’lon qildi.
FIFA mukofot kimga va qanday mezonlar asosida berilgani bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etmadi. Nashrga tashkilot ichidagi yuqori lavozimli amaldorlardan biri Trampni taqdirlash marosimi FIFA rahbariyatida jiddiy xavotir uyg‘otgani va bu holat “chuqur sharmandalik” sifatida qabul qilinganini ma’lum qilgan.
FIFA rasmiylaridan biri 2026 yilgi Jahon chempionatini AQSHda o‘tkazish jarayoni endi “juda nozik va murakkab” bosqichga kirganini tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Lise Klaveness FIFA'ning Donald Trampga berilgan tinchlik mukofotini tanqid qilgan edi.
Live
Barchasi