AQSHda ham ayrim so‘zlar taqiqlandi

Olam

image

AQSH Energetika departamenti xodimlarini “iqlim o‘zgarishi” atamasi va “yashil” so‘zidan foydalanmaslikka chaqirdi. Bu haqda departamentdan kelgan elektron xatga tayanib, “Politico” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, departament xodimlariga barcha kommunikatsiyalarda, jumladan, ommaviy bayonotlarda, ichki hujjatlarda va federal idoralarga hisobot berishda ushbu so‘zlardan foydalanmaslikni topshirgan.

Energetika departamenti so‘zlarning taqiqlangan ro‘yxatiga “barqaror”, “barqarorlik”, “energiya almashinuvi”, “soliq imtiyozi” va “subsidiya” kabi atamalarni ham kiritgan.

“Departamentning har bir a’zosi taqiqlangan so‘zlarning yangilangan ro‘yxati bilan tanishib chiqishi kerak. Ma’muriyatning istiqbollari va ustuvorliklariga mos kelmaydigan har qanday atamalardan qochishda davom eting”, deydi departamentning tashqi ishlar bo‘yicha direktori Reychel Overbey.

Keyinroq departament matbuot kotibi Ben Diyetderix bu so‘zlar taqiqlanmaganini aytib, yuborilgan xabarning haqiqiyligi tekshirilishini ta’kidlagan.

Qayd etish joiz, yangi siyosat AQSH Prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasida dunyo yetakchilarini chiqindilar (emissiyalar) ko‘payishini oldini olishda ko‘rgan choralari uchun tanqid qilganidan bir necha kun o‘tib e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakatda “gamburger”, “karaoke” va “muzqaymoq” so‘zlaridan foydalanishni taqiqlagan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp iqlim o'zgarishi Energetika departamenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing