AQSHda immigratsiya xodimlari 2 yoshli qizchani hibsga oldi
Olam
−
24 yanvar 6662 1 daqiqa
Joriy yilning 22 yanvar kuni AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimi Minnesota shtatida 2 yoshli qizchani otasi bilan hibsga oldi. ICE ota va qizni sud qilish uchun Texasga olib ketgan. Bu haqda “The Guardian“ xabar qildi.
Qayd etilishicha, sud hujjatlarida Elvis Joel Te deb ko‘rsatilgan ota va uning qizi 22 yanvar kuni soat 13:00 atrofida do‘kondan uyga qaytayotganlarida ofitserlar tomonidan to‘xtatilib, hibsga olingan. O‘sha kuni kechqurun federal sudya qizchani soat 21:30 ga qadar qo‘yib yuborishni buyurgan. Biroq federal amaldorlar sud qaroriga bo‘ysunmay, buning o‘rniga ota va bolani Texas shtatidagi hibsxonaga yuborgan.
Kecha, 23 yanvar kuni tushdan keyin immigratsiya rasmiylari ikkalasini ham Minnesota shtatiga qaytarib olib borgan. Oilaning advokatlari ikki yoshli bolani onasining qaramog‘iga olib bergan. Qizaloqning otasi esa Minnesota shtatida hibsda qolgan.
Bu ICE’ning birinchi marta qilgan nomaqbul ishi emas. Yanvar oyi boshida avtomobilda harakatlanib ketayotgan ayolni otib tashlagan edi.
Nashrga ko‘ra, ICE harakatlari xalqaro miqyosda noroziliklarga va AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining mintaqadagi tajovuzkor choralariga qarshi kuchaygan tekshiruvlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda ICE xodimlariga sud qarorisiz uylarga kirishga ruxsat berilgani haqida xabar qilingan edi.