AQSHda tez yordam samolyoti halokatga uchradi. Bortdagi hamma qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 5 avgust kuni AQSHning janubi-g‘arbiy qismidagi Arizona shtatida tez yordam uchun mo‘ljallangan samolyot halokatga uchradi. Oqibatda bortdagi to‘rt kishining barchasi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Arizona shtatida joylashgan Navaxo qabilasi yerlarida sodir bo‘lgan.

“Samolyot yaqin atrofdagi shifoxonadan bemorni olib ketish uchun yo‘l olgan edi, biroq parvoz vaqtida halokat yuz berdi”, deydi mahalliy politsiya vakillari.

Huquq-tartibot idoralarining xabariga ko‘ra, fojia soat mahalliy vaqt bilan 12:40 lar atrofida ro‘y bergan.

“Biz ushbu og‘ir paytda marhumlarning yaqinlari va oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deyiladi politsiya bayonotida.

AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashining ma’lum qilishicha, u Beechcraft 300 rusumli samolyot bo‘lgan. Mutaxassislar halokat sababi va tafsilotlarini aniqlash uchun voqea joyiga yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London aeroportida Beech B200 Super King Air yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragandi. Fojia joyidan olingan surat va videolarda yo‘lovchilarning boshqa samolyotga o‘tirgani, qulagan va yonayotgan samolyotdan tutun osmonga ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh aviahalokat tez yordam samolyoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing