AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab federal migratsiya organlari tomonidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda. Shu sababli Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, tekshiruvlar jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratilmoqda:

  • haydovchilik guvohnomalarining haqiqiyligi;
  • hujjatlarning muddati va qonuniyligi;
  • ish huquqi va migratsion maqom;
  • haydovchilarning ingliz tilini bilish darajasi.

AQSH hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgani sababli federal yo‘llarda keng vakolatlar asosida faol reydlar o‘tkazilmoqda. Ba’zi ushlangan shaxslar bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalanish yoki terrorizmga oid gumonlar bilan tilga olinmoqda.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, AQSHda avtomobil boshqarayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan quyidagilarga amal qilishlari so‘raladi:

  • hujjatlarni tartibga keltirish;
  • qonuniy maqomni tasdiqlovchi hujjatlarni birga olib yurish.

Shubhali yoki muammoli holatlar bo‘lsa, darhol O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning Arizona shtatida beshta haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan 29 yoshli o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etgandan keyin hibsga olingani, shuningdek AQSHning Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) 31 yoshli o‘zbek muhojiri A.B.ni terrorchilik ishlarida aloqadorlikda gumon qilgan holda qo‘lga olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonliklar reyd migratsiya organlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing