Koreyaga ishlashga ketgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Koreyada E-7 va E-9 vizalari asosida ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur vizalar asosida ushbu xorijiy davlatda ishlayotgan ba’zi fuqarolar ish joyini norasmiy ishlarga almashtirmoqda. Bu esa turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bunda fuqaro ishdan bo‘shatilsa, 1 oyda ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi, 3 oy muddatda yangi ish beruvchi topib, rasmiy shartnoma tuzishi shart. Bunga amal qilinmasa, katta miqdorda jarima, noqonuniylik maqomi va deportatsiyaga olib kelishi mumkin. Migratsiya agentligi bilan tuzilgan shartnomada ham ish joyini kelishmasdan tark etmaslik qat’iy talab hisoblanadi.

Agentlikka ko‘ra, joriy yilda 20 nafar fuqarodan uch tomonlama shartnomani buzgani uchun 660 million so‘m jarima undirilgan. Deportatsiya qilinganlar esa davlat bergan barcha imtiyozlarni qaytarib berishi shart bo‘ladi. Shuningdek, ular 1 yil davomida xorijga tashkiliy tartibda yuborilmaydi.

Janubiy Koreyaning mehnat migratsiyasi bo‘yicha maxsus ballik tizimi, ya’ni SPAS bazasida turganlar ish beruvchidan shartnoma olgan bo‘lsa, bu ular xizmat tanlanganini anglatadi. Biror shaxs tanlanishda yordam berish uchun pul talab qilsa, u firibgar bo‘lishi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston orqali Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

viza o'zbekistonliklar Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing