AQSHning Venesueladagi operatsiyasi qurbonlari soni ochiqlandi

Olam

image

AQSHning Venesuelada o‘tkazgan operatsiyasi qurbonlari soni bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, ushbu operatsiyasi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan. Gap harbiylar bilan bir qatorda tinch aholi vakillari haqida ham bormoqda. Bu haqda Venesuelaning yuqori martabali rasmiysiga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

“Hujum oqibatida tinch aholi va harbiylarni ham qo‘shganda kamida 40 kishi halok bo‘ldi”, deydi nashr manbasi.

Shuningdek, Venesuela prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Delsi Rodriges ham AQSH operatsiyasi oqibatida davlat xizmatchilari, harbiylar va tinch fuqarolar halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 yanvar kuni tunda Venesuela poytaxti Karakas shahrida portlashlar sodir bo‘lgandi. Shundan so‘ng AQSH Prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Venesuelaga keng ko‘lamli zarbalar berganini, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro esa rafiqasi bilan birga qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini bildirdi. https://qalampir.uz/news/venesuela-prezidenti-va-rafik-asi-k-ulga-olindi-va-mamlakatda-olib-ketildi-tramp-129639

AQSH rasmiylari er-xotinni “narkoterrorizm”da ayblamoqda, yaqin vaqt ichida ular AQSH sudida javob beradi.

Hozirda Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. U Maduro va uning rafiqasini zudlik bilan ozod qilishni talab qilmoqda. Ma’lum qilinishicha, ular allaqachon Bruklindagi (Nyu-York) tergov izolyatoriga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela qurbonlar operatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing