“Manchester Siti”da jiddiy yo‘qotish: Yoshko Gvardiol operatsiya qilinadi

Sport

image

“Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol boldiridan olgan jarohati sabab yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

23 yoshli xorvatiyalik futbolchi joriy yilning 4 yanvar kuni “Chelsi”ga qarshi o‘tkazilgan uy uchrashuvining (1:1) ikkinchi bo‘limi boshida jarohat sabab almashtirilgan edi.

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, himoyachi hafta oxirida operatsiya qilinadi, jarohatning to‘liq darajasi hamda maydonga qaytish muddati esa qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi.

Ta’kidlash joiz, “Chelsi”ga qarshi bahsda jamoaning yana bir markaziy himoyachisi Ruben Diash ham jarohati sabab zaxiraga olindi. Shuningdek, Angliya terma jamoasi a’zosi Jon Stouns ham safdan chiqqan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda “Manchester Siti” Premer-liga turnir jadvalida 42 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Arsenal”dan olti ochko ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

operatsiya “Manchester Siti” Yoshko Gvardiol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing