Aqtauda qulagan AZAL samolyoti: yangi tafsilotlar ochiqlandi

Olam

image
AZAL samolyoti quladimi yoki qulatildimi? Halokat bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi (foto) north_east

AZAL samolyoti quladimi yoki qulatildimi? Halokat bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi (foto)

Qozog‘iston Transport vazirligi Aqtau shahri yaqinida bir yil avval qulagan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti bo‘yicha navbatdagi hisobotni e’lon qildi. Unda havo kemasidagi shikastlanishlarning ehtimoliy sababi ko‘rsatib o‘tildi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, aviatsiya hodisasini tergov qilish doirasida aniqlangan begona metall buyumlar yuzasidan trasologik, ballistik, portlash-texnik va yong‘in bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazilgan, ya’ni gap tashqi ob’ektlar haqida bormoqda.

“Ekspertiza natijalariga ko‘ra, portlovchi moddalar izlari aniqlanmadi. Tadqiqot uchun taqdim etilgan uchta kislorod ballonida portlash alomatlari yo‘q. Havo kemasidagi shikastlanishlar taxminan jangovar qismning zarba beruvchi elementlari ta’sirida yuzaga kelgan, biroq ularning qaysi manbaga tegishli ekanini aniqlashning imkoni bo‘lmadi”, deyiladi dastlabki hisobotda. 

Shuningdek, gidravlik tizimning quvur bo‘lagiga nisbatan ekspertiza ham o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quvurda shikastlanishlar aniqlangan.

“Shikastlanish mexanizmi qattiq jismlar bilan to‘qnashuv natijasida metallning yorilishi bilan izohlanadi. Teshik ko‘rinishidagi shikastlar metall qotishmalaridan tayyorlangan metall bo‘laklar (tashqi ob’ektlar) ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi hisobotda. 

Eslatib o‘tamiz, halokat 2024 yil 25 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Bort Baku shahridan Grozniyga yo‘l olgan, biroq Chechenistonda qo‘na olmagan va Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida qulagan. Samolyot bortida bo‘lgan 67 kishidan 39 nafari, jumladan, 16 rossiyalikdan 7 nafari halok bo‘lgan.

Rosaviatsiya Grozniyda qo‘nish amalga oshmaganini tuman va Ukraina tomonidan uyushtirilgan “hujumlar” sabab joriy etilgan reja bilan izohlagan. Putin Rossiyaning vazifasi hodisaga “xolis baho berish” ekanini ta’kidlab, kompensatsiyalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini va’da qilgan.

Joriy yilning iyul oyida Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov agar Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati yuzasidan Rossiyaga qarshi sudga murojaat qilishga qaror qilsa, bu uning huquqi ekanini aytgan. U Rossiya-Ozarbayjon munosabatlarida murakkab davr boshlanganini, biroq Moskva vaziyat tez orada barqarorlashishiga umid qilayotganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Aqtau AZAL Azerbaijan Airlines

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing