Akademik litseylarga ham qabul boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyun kunidan 2025-2026 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Aynan 9-sinf bitiruvchilari o‘z hujjatlarini my.edu.uz portali orqali topshirishi mumkin. Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar – fan olimpiadasi g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak) va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

Shuningdek, abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasalariga 2025-2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5 iyun kunidan boshlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qabul Oliy ta'lim Akademik litsey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing