Albaniya va Burundi O‘zbekistonga yangi elchilarini yubordi

Jamiyat

image

Gens Petsani Albaniyaning, Jozef Nkurunziza esa Burundining O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.  Ular kecha, 27 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, TIV rahbari va Albaniya elchisi o‘rtasidagi suhbatda o‘zaro savdo, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratilgan. Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash hamda ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida umumiy intilishlarini ifoda etgan.

Burundining mamlakatdagi birinchi elchisi Jozef Nkurunziza bilan muzokaralar esa “samarali va kelajakka yo‘naltirilgan” bo‘lgan.

“Davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanayotgan salohiyati haqida fikr almashdik. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqdik”, deb yozadi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohamed bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Burundi Albaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing