Aliyev va Japarov Mirziyoyevni Toshkentga kuzatib qo‘ydi
Jamiyat
−
07 Oktabr 9812 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gabala shahriga qilgan amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etib, ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.


Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Gabala xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kuzatib qo‘ydi. Qayd etish joiz, Prezident matbuot xizmati e’lon qilgan suratlarda Shavkat Mirziyoyevni kuzatishda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham qatnashganini ko‘rish mumkin.
Live
Barchasi