Alla Pugachyova qamalishi mumkin
Olam
−
18 Sentabr 14943 1 daqiqa
Rossiyalik taniqli xonanda Alla Pugachyova jurnalist Katerina Gordeyevaga bergan intervyusida aytgan so‘zlari uchun kamida 5 yilga qamalishi mumkin. Bu haqda “Smotrim” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Pugachyova rossiyalik jurnalist Katerina Gordeyevaga bergan intervyusida (mazkur intervyu joriy yilning 10 sentyabrida chiqqan va millionlab marta ko‘rilgan) chechen bo‘lginchilarining o‘ldirilgan rahbari, 1991 yildan 1996 yilgacha Checheniston prezidenti bo‘lgan Johar Dudayev haqida maqtovli so‘zlar gapirib, uni “odobli, aqlli va kelishgan odam” ekanini aytgan.
Bildirilishicha, sud xonandaning bu gaplarini terrorizmni oqlash deb topsa, qo‘shiqchi Rossiya Jinoyat kodeksining 205.2- moddasiga asosan 5 yilgacha qamalishi va 100 000 dan 500 000 rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Shuningdek, Pugachyovaning Dudayev haqida aytgan so‘zlariga nisbatan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham munosabat bildirib,
“Kimdir chiroyli qo‘shiq aytsa yoki ajoyib raqsga tushsa, ular biz bilan bir xil fikrda bo‘lishini anglatmaydi”, deya ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Alla Pugachyovani Ukrainadagi urush va Rossiya rasmiylarini tanqid qilgani uchun “xalq dushmani va sotqin” deb atagan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi