Amaldagi chempion “Australian Open”ni tark etdi
Sport
−
26 yanvar 1034 1 daqiqa
Amaldagi chempion, amerikalik tennischi Medison Kiz Melburnda o‘tayotgan Avstraliya ochiq chempionatining to‘rtinchi bosqichida vatandoshi Jessika Pegulaga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Uchrashuv 1 soat 18 daqiqa davom etdi. Bahs ikki set natijasiga ko‘ra 6/3, 6/4 hisobida yakunlandi va jahon reytingida 6-o‘rinni egallab turgan Pegula g‘olib bo‘ldi. Medison Kiz esa dunyo reytingida 9-o‘rinda turadi. Ikki tennischi ham musobaqada saralangan ishtirokchilar sifatida qatnashgan.
Pegula keyingi bosqichda mavsumning ilk “Katta dubulg‘a” turniri yarim finali yo‘llanmasi uchun xitoylik Van Sinyuy va amerikalik Amanda Anisimova (4-raqam) o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining a’zosi Polina Kudermetova musobaqaning ikkinchi davrasida daniyalik 23 yoshli Klara Tausonga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasining a’zosi Kamilla Rahimova “Australian Open” birinchi davrasida dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goffga imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunlagandi.
Live
Barchasi