Amazon minglab xodimlarini ishdan bo‘shatmoqchi

Olam

image

Dunyodagi eng mashhur kompaniyalardan biri bo‘lgan AQSHning Amazon kompaniyasi 14 000 nafardan ortiq xodimini ishdan bo‘shatmqochi. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy saytida e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amazon ishdan bo‘shatilgan xodimlar haqida qayg‘urishini, lekin xodimlar avvaldan ogohlantirilganini ta’kidlab, endi ishchilar faqat  asosiy sohalarda ishga qabul qilinishini aytgan.

“Ko‘pchilik xodimlar kompaniyamizning rivojlanishiga katta yordam berib, uni mustahkamlashga ancha kuch sarfladi. Biz natijalarni ko‘ryapmiz. Bugun biz e’lon qilayotgan qisqartirishlar yanada kuchliroq bo‘lish yo‘lidagi ishning davomi bo‘lib, biz mijozlarimizning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlari uchun eng muhim bo‘lgan narsaga investitsiya qilishimizni ta’minlash uchundir”, deyiladi kompaniya bayonotida. 

Shuningdek, kompaniya 14 000 dan ortiq xodimlar ishdan bo‘shatilishi mumkinligini aytib, ularga 90 kun davomida vaqt berilishi va boshqa ish topgungacha kompaniya ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Yangi ish topa olmagan yoki ishlamaslikka qaror qilgan xodimlar uchun kompaniya ularga ishdan bo‘shatish to‘lovi, chet elga yuborish xizmatlari, tibbiy sug‘urta imtiyozlari va boshqalarni o‘z ichiga olgan vaqtinchalik yordamni taklif qilgan. 

“Agar xodimlar yaxshi ishlayotgan bo‘lsa, nega ular ishdan bo‘shatilyatgani hayron qolarli bo‘lishi mumkin. Shuni yodda tutishimiz kerak-ki, dunyo tez o‘zgarmoqda. Sun’iy intellekt biz internetdan keyin ko‘rgan eng o‘zgaruvchan texnologiya bo‘lib, u kompaniyalarga har qachongidan ham tezroq innovatsiyalar qilish imkonini beradi. Mijozlarimiz va biznesda tezroq harakat qilish uchun biz yanada tejamkor bo‘lishimiz kerak”, deyiladi kompaniya xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Amazon kompaniyasi O‘zbekistonda Kuiper sputnik internetini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Amazon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing