Amerika Liga Kubogi finalida katta janjal yuzaga keldi

Sport

image

Kecha, 1 sentyabr kuni Sietldagi “Lyumen Fild” stadionida bo‘lib o‘tgan Liga kubogi finalida “Sietl Saunders” jamoasi  “Inter Mayami”ni 3:0 hisobida yengdi. O‘yin yakunlangach, maydonda katta mojaro kelib chiqdi.

Final hushtagi chalingach, “Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares “Sietl” yarimhimoyachisi Obed Vargasni bo‘ynidan ushlab bo‘g‘moqchi bo‘ldi. Shu lahzada ikki jamoa futbolchilari va shtab a’zolari o‘rtasida janjal avj oldi. Mojaro chog‘ida “Inter Mayami” jamoasi futbolchisi Serxio Buskets Vargasning iyagiga zarba berdi. Bunga javoban “Sietl” himoyachisi Kodi Beyker Buskets bilan yuzma-yuz tortishuvga kirishdi. Vaziyat yanada keskinlashib, “Inter Mayami” va “Sietl” futbolchilari o‘rtasida katta janjal yuzaga keldi.

Darvozabon Oskar Ustari ularni tinchlantirishga harakat qildi. Biroq bir necha daqiqalardan keyin Suares “Sietl”ning xavfsizlik direktori Jiin  Ramirez bilan og‘zaki tortishuvda unga tupurgani videolarda aniq ko‘rindi. Ushbu lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, voqea Liga kubogi intizomiy qo‘mitasi ko‘rib chiqishi kutilayotgan jiddiy masalaga aylandi.

“Bu zo‘ravon epizodlar ajoyib g‘alabadan e’tiborni chalg‘itmasligi kerak”, deya ta’kidladi Sietl bosh murabbiysi Brayan Shmetser. 

“Inter Mayami” ustozi Xaver Maskerano esa: “Masalaga yaqin bo‘lmagani uchun izoh berolmasligi”ni bildirdi.

Maydondagi janjal bo‘yicha hakamlar darhol qizil kartochka ko‘rsatmadi. Ammo ommaviy axborot vositalari va ligaga yaqin manbalarga ko‘ra, Suaresning tupurishi hamda Buskets va boshqa futbolchilarning ishtiroki uchun jarimalar va diskvalifikatsiyalar yuzasidan qarorlar tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

janjal final Amerika Liga Kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing