Bugun O‘zbekiston kubogining final o‘yini bo‘lib o‘tadi
Sport
−
29 Oktabr 7618 1 daqiqa
Bugun, 29 oktyabr kuni O‘zbekiston kubogi doirasidagi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Andijondagi “Bobur Arena”da o‘tkaziluvchi o‘yinda “Paxtakor” va “Buxoro” jamoalari kubok uchun kurashadi.
Ma’lumot uchun, “sherlar“ yarim finalda “Dinamo”ni penaltilar seriyasida (4:2) mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan. “Buxoro” esa “So‘g‘diyona”dan ustun kelib (3:2), kubok uchun o‘tkaziladigan turnirning yakuniy bosqichidagi ishtirokini kafolatlagan edi.
Final bellashuvi soat 18:30 da start oladi. O‘yin g‘olibi O‘zbekiston kubogining 2025 yilgi mavsum chempioniga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil O‘zbekiston kubogining final bahsida vodiyning 2 klubi – “Navbahor” va “Andijon” jamoalari kuch sinashgandi. Yakunda andijonliklar 2:3 hisobida g‘alaba qozonib, tarixda ilk bor ushbu kubokka ega chiqqan.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi