Amerikalik erkak tasodifan lotereyadan 500 ming dollar yutdi
Olam
−
03 noyabr 5428 1 daqiqa
AQSHning Ogayo shtatida erkak unutuvchanligi sababli lotereyada 500 ming dollarlik yutuqqa ega bo‘ldi. Bu haqda joriy yilning 31 oktyabr kuni UPI xabar berdi.
G‘olibning so‘zlariga ko‘ra, u lotereyadan yutgan 50 dollarini olish uchun bozorga yo‘lga chiqqan, biroq manzilga yetib borgach, chiptani uyda unutib qoldirganini bilgan. U vaqtni yo‘qotmaslik uchun uyga qaytish o‘rniga xuddi shu o‘yinning yana bir chiptasini sotib olgan.
Shundan so‘ng, erkak lotereyani mashinasida tekshirib ko‘rgan va himoya qatlami ostida 500 ming dollarlik yutuqni ko‘rib hayratga tushgan. U yutgan pulini nimalarga sarflamoqchi ekanini ma’lum qilgan. Erkakning aytishicha, u qarzlarini to‘lamoqchi, yangi avtomobil xarid qilmoqchi va, eng asosiysi, ish kunlarini kamaytirib, oilasiga ko‘proq vaqt ajratmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Virjiniya shtatida yashovchi Kerri Edvards ismli ayol ChatGPT tomonidan yaratilgan raqamlardan foydalangan holda 150 ming dollarlik Powerball sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi