Andijonda 19 yoshli yigit o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Andijon shahrida 19 yoshli yigit ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, bugun, 2 iyun kuni tungi vaqtda shaharning Ishchilar mahallasidagi Navoiy shoh ko‘chasi ustida joylashgan ko‘prikda Andijon shahrida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan M.M. oila a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab ruhiy holati o‘zgarib, o‘zini ko‘prikdan tashlash bilan tahdid qilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi a’zolari yetib borib, boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu ko‘ngilsiz holatning oldi olingan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijondagi ayni shu ko‘prikdan 23 yoshli qiz ham o‘zini tashlamoqchi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing