Narxni sun’iy oshirib, asossiz 21,1 mlrd so‘mdan ko‘p pul olgan dorixonachilar ushlandi
3-sahifa
−
20 may 3000 2 daqiqa
O‘zbekistonda iste’molchilardan 21,1 milliard so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ olgan 2,5 mingga yaqin dorixonaga tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabrdagi 411-son qarori asosida dori vositalari narxlarini nazorat qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha raqamlashtirilgan tizim joriy etilib, mazkur tizim orqali chakana va ulgurji savdoda dori vositalari narxlarining asossiz oshirilishini inson omilisiz aniqlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, ulgurji savdoda dori vositalarining narxi belgilangan referent narxdan yuqori qo‘llanilganda, soliq organlari tomonidan hisob-fakturalarni ro‘yxatga olishning avtomatik to‘xtatish (validatsiya) tizimi joriy etilgan.
Natijada 12,5 mingdan ziyod chakana dorixonalarga dori vositalarini belgilangan referent narxdan qimmat sotilishi – ulgurji savdoda narxlarni sun’iy oshirish holatlarining avtomatik ravishda oldi olingan.
Bildirilishicha, o‘tgan davr mobaynida 2,5 mingga yaqin dorixona tomonidan 686 mingga yaqin holatda cheklangan savdo ustamasi 10 foizdan 3 barobargacha oshirib qo‘llangani aniqlanib, iste’molchilardan asossiz ravishda 21,1 milliard so‘m mablag‘ olingani ma’lum bo‘lgan va qaytarish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan. Xususan, 2026 yilning birinchi choragida 190 dan ortiq dorixonada 110,5 mingga yaqin holatda 1,4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz olingani aniqlanib, ularni qaytarish choralari ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dori vositalarini vaqtincha ushlab turib, sun’iy taqchillikni keltirib chiqarish holatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi