Andijonda ko‘cha va tomorqalarga suv toshdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 11 oktyabr kuni Andijon viloyatidagi aholi yashash xonadonlarining tomorqasiga suv toshishi kuzatildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 07:58 da Andijon tumani “Qumko‘cha” MFY hududidan oqib o‘tuvchi SRK-1 mahalliy kanalida suv hajmi ortib ketgani hisobiga qirg‘oq va dambalardan qisman suv toshib chiqqan hamda bir nechta aholi yashash xonadonlarining tomorqasiga suv kirgan. Hozirda Irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasi tomonidan ushbu mahalliy kanalga suv tashlash to‘xtatilgan.

Hozirda damba va qirg‘oqni muhandislik texnikalari bilan tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

“Hodisa joyiga FVB, hokimlik, qutqaruv bo‘linmalari hamda Irrigatsiya tizimlari kuch va vositalari yetib borgan”, deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Sarvontepa” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarining biriga shikast yetgani oqibatida ko‘chalarni suv bosgandi.


Maqola muallifi

Teglar

suv Andijon toshdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing