Andijonda mansabdor 40 ming dollar pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatidagi banklardan birining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 40 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, respublikadagi banklardan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mulklarni auksion va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgani holda, xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan.

U kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan, Asaka tumanida joylashgan, umumiy bahosi 16,8 mlrd so‘mlik xususiy davolash markazining 4 qavatli binosi auksion savdo platformasida sotuvdan qaytganligidan foydalanib, uning narxini 12 mlrd so‘mga tushirgan holda, bank tashkiloti hisobiga olib, mahalliy tadbirkorga auksion savdolarisiz 7 yil muddatga foizsiz kredit hisobidan olib berish evaziga 90 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs 40 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pora Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing