Andijonlik kelin sepini MIB yordamida qaytarib oldi
3-sahifa
−
19 yanvar 6139 1 daqiqa
Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ayolga kelinlik xonadonidan 55 turdagi buyumlari olib berildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Xonobod shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, undiruvchi M.S. ga qarzdor M.Sh. dan jami 55 turdagi mol-mulklar qaytarib berilishi belgilangan. Mol-mulklar ro‘yxatidan kelinning sepi tariqasida olib kelingan kiyim-kechak, mebel, maishiy jihozlar va xo‘jalik anjomlari joy olgan.
Kelinning sepini olib berish bo‘yicha Byuroning shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ijro harakatlari davomida hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan barcha mol-mulklar undiruvchiga olib berilishi ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 5 kunlik kelin kuyovning uyidagi sepini Majburiy ijro byurosi orqali qaytarib olgan edi.
Live
Barchasi