Angliyaning eng qadimgi jamoalaridan biri bankrotlik jarayonini boshladi

Sport

image

Angliya futbolining eng qadimiy jamoalaridan biri “Sheffild Uensdey” klubi moliyaviy qiyinchiliklar sababli bankrotlik jarayonini boshladi. Klub 24 oktyabr kuni sudga bankrotlik to‘g‘risida ariza topshirdi.  Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Angliya futbol ligasi (EFL) joriy yilning iyun oyida klubni o‘yinchilarga maoshni o‘z vaqtida to‘lamaganlik va bir nechta moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblagan edi.
2023–2024 yilgi mavsumda Chempionshipdagi 24 klub umumiy hisobda 411 million funt sterling miqdorida zarar ko‘rgan. “Sheffild Uensdey”ning o‘zi so‘nggi hisobotda 9,3 million funt sterlinglik zarar ko‘rganligi qayd etilgan.
Klub hozirda turnir jadvalining eng pastki pog‘onasida joylashgan va 12 ochkolik jarima tufayli ligadan tushib ketish xavfi ostida. Shunga qaramay, o‘tgan mavsumda o‘rtacha 26 ming tomoshabin klub o‘yinlarini kuzatish uchun stadionga tashrif buyirgan.

“Sheffild Uensdey”ni 2015 yilda Chansiri oilasi sotib olgan edi. U dastlab jamoani Premer-ligaga olib chiqishni maqsad qilgan, ammo oradan bir necha yil o‘tib, natijalar keskin yomonlashgan.

Ma’lumot uchun, “Sheffild Uensdey” Angliyaning eng qadimiy futbol klublaridan biri bo‘lib, o‘z tarixida 4 marta Angliya chempionligini, (1902–03, 1903–04, 1928–29, 1929–30 yillar) 3 marta mamlakat  Kubogini (1896, 1907, 1935) va 1991 yilda  Liga Kubogini yutgan. Klub o‘zining eng yirik muvaffaqiyat davrini 20-asrning birinchi yarmi hamda 1990 yillarda boshdan kechirgan.


Maqola muallifi

Teglar

zarar “Sheffild Uensdey” bankrotlik eng qadimiy jamoalaridan biri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing