“Manchester Siti” Semeno transferini e’lon qildi

Sport

image

“Manchester Siti” jamoasi “Bornmut” qanot hujumchisi Antuan Semenoning transferini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar besh yarim yillik shartnoma imzoladi. Endilikda 26 yoshli futbolchi “Manchester Siti” safida 42-raqamda harakat qiladi. Futbolchining transfer narxi esa 75 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ganalik futbolchi “shaharliklar” safiga qo‘shilish uchun Premer-liganing to‘rtta klubi “Chelsi”, “Tottenxem”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” takliflarini rad etib, aynan “Manchester Siti”ga qo‘shilishga qaror qilgan. Uning qarorida ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surish istagi muhim rol o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Semeno joriy mavsumda  Premer-liga doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” Antuan Semen'o “Bornmut”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing