APLda 8-tur uchrashuvlari yakunlandi

Sport

image

Kecha, 19 oktyabr kuni Angliya Premer-ligasida 8-tur uchrashuvlari yakunlandi. Yakuniga yetgan tur uchrashuvida turnir jadvali peshqadami hisoblangan “Arsenal” jamoasi “Fulhem” maydonida minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi. “Manchester Siti” turda “Everton” ustidan g‘alabani rasmiylashtirdi. Turning markaziy bahsida “Manchester Yunayted” so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli evaziga “Liverpul” jamoasi ustidan zafar quchdi.

APLning 8-turning barcha uchrashuvlari tafsilotlari bilan tanishing:

“Nottingem Forest” 0:3 “Chelsi”

“Chelsi” mehmonda juda ishonchli harakat qildi, himoyadagi ishonchli harakatlar va hujumdagi muvaffaqiyatlar evaziga safardan 3 ochko bilan qaytdi.

 “Brayton” 2:1 “Nyukasl Yunayted”

“Brayton” o‘yin davomida ustunlikni qo‘lga oldi, bir necha vaziyatdan samarali foydalanib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. “Nyukasl” esa muhim ochkolarni qo‘ldan boy berdi.

 “Bernli” 2:0 “Lids Yunayted”

“Bernli” o‘z uyida qat’iy himoya va samarali hujum bilan barcha vaziyatlarda ustunlik ko‘rsatdi va shu ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

“Kristal Pelas” 3:3 “Bornmut”

Bu uchrashuv tomoshabop va ko‘p golli uchrashuv bo‘ldi. Tomonlar bir-biriga qarshi hujum qilgan holda, bir necha marotaba hisobda oldinga chiqdi, oxir-oqibat uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi.

 “Manchester Siti” 2:0 “Everton”

“Manchester Siti” o‘z maydonida raqibni bosim ostida ushlab, ishonchli g‘alaba qozondi. “Everton” ham imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq bu imkoniyatlardan samarali foydalana olmadi.

 “Sanderlend” 2:0 “Vulverxempton”

“Sanderlend” o‘yinda o‘z muxlislari qarshisida ishonchli harakat qildi. Himoyadagi va hujumdagi samarali harakatlar mezbonlarga yakunda g‘alabani taqdim etdi.  

 “Fulhem” 0:1 “Arsenal”

Turnir jadvali peshqadami “Arsenal” “Fulhem”  maydonida kichik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Birgina vaziyatdan unumli foydalana olgan londonliklar yakunda kerakli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“Tottenxem” 1:2 “Aston Villa”

“Aston Villa” mehmonda tarkibli  o‘yin namoyish eta oldi. Hujum va himoyadan bir vaqtda samarali foydalandi. “Tottenxem” o‘z maydonida durrang natijaga erishish uchun ularga birgina gol kamlik qildi.

 “Liverpul” 1:2 “Manchester Yunayted”

Turning markaziy uchrashuvida “Manchester Yunayted” safarda “Liverpul” maydonida g‘alaba qozona oldi. MYU uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan hisobni ochishga erishdi va o‘yinni nazorat qildi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “Liverpul”  hisobni tenglashtirishga erishdi, biroq yakunda “Manchester Yunayted”  g‘alaba golini kiritib g‘alabani rasmiylashtirdi.   

 “Vest Xem Yunayted” – “Brentford”

Bu uchrashuv bugun, 20 oktyabr kuni tunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, APLda yakuniga yetgan tur uchrashuvlaridan so‘ng Londonning “Arsenal” jamoasi 19 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

“Manchester Siti” esa turdagi g‘alabasi bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kuchli uchlikda “Bornmut” jamoasi bormoqda. Navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 25 oktyabr kunidan start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Liverpul' 9-tur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing