Prezident amaldorlarga maktablarda o‘qishni boshlash yuzasidan ko‘rsatma berdi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
50916Xabaringiz bor, bugun, 12 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatda karantin cheklovlarini yumshatish masalasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni boshlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
“Birinchi maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim va oliy ta’limni nima qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlari va mutaxassislar, kollej, litseylarning rahbarlari bilan juda katta muloqot bo‘lyapti. Bu to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berib, eng to‘g‘ri yo‘lni qabul qilamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident ta’lim sohasidagi mas’ul amaldorlarga o‘quv yilini boshlash bo‘yicha taklif kiritishni topshirdi.
LiveBarchasi