Arauxo “Barselona”dan ruhiy tiklanish uchun vaqt so‘radi

Sport

image

“Barselona” markaziy himoyachisi va sardori Ronald Arauxo o‘zini yaxshi ruhiy holatda emas, deb hisoblagani uchun klubdan qisqa muddat dam olishni so‘radi. Bu haqda “Mundo deportivo” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub Arauxoning ruhiy holatini tiklashni ustuvor deb bilgan holda, bu so‘rovni bir zumda qabul qilgan. “Barselona” unga o‘ziga kelib olish uchun belgilanmagan muddatda vaqt ajratgan. 

Urugvaylik futbolchi Chempionlar ligasi 5-turida Londonning “Chelsi” jamoasiga qarshi o‘yinda (0:3) olgan qizil kartochkasidan so‘ng muxlislar tomonidan katta bosimga duch keldi. Hatto ayrim muxlislar futbolchidan voz kechish kerak, degan fikrda.

Shuningdek, Arauxoni klub prezidenti Joan Laportadan qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Men Arauxo bilanman va uni himoya qilaman. U juda ko‘p tanqid qilindi, menimcha, bu adolatsizlik. U maydonda bor kuchi bilan o‘ynaydi, u bizning sardorimiz. Endi u bu lahzani yengib o‘tishi kerak. U juda hissiyotli, kuchli tuyg‘ularga ega. So‘nggi vaqtlarda og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Shuni ayta olamanki, biz doim uning yonida bo‘lamiz”, dedi Laporta.

Ma’lumot uchun, Ronald Arauxo joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. Himoyachi “Chelsi” ga qarshi o‘yindan so‘ng La Liga doirasidagi “Alaves”ga qarshi o‘yinni sog‘lig‘idagi muammolar sabab o‘tkazib yuborgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Ronal'd Arauxo ruhiy holat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing