Inigo Martines “Barselona”ga qaytishni istamoqda

Sport

image

Ispaniyalik markaziy himoyachi Inigo Martines qishki transfer oynasida “Barselona”ga qaytishga intilmoqda. “Al Nasr” safiga yozda borib qo‘shilgan 34 yoshli futbolchi klubdan uni ijara asosida sobiq jamoasiga qaytarishni so‘ramoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hansi Flik Inigo Martinesning qaytishini qo‘llab-quvvatlaydi. Sababi jamoa joriy mavsumda himoyada bir qator muammolarga duch kelyapti. “Barselona” hozirda futbolchining qaytish haqidagi so‘rovini ko‘rib chiqmoqda.

Martines bu mavsumda “Al Nasr” safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, bir gol urgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilda tugaydi. Shunga qaramay, u “Barselona”ga mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tishga tayyor, biroq Saudiya klubining ispaniyalik markaziy himoyachini ijaraga qo‘yib yuborish bo‘yicha pozitsiyasi hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Inigo Martines yozgi transfer oynasida “Barselona”dan Saudiyaning “Al-Nasr” jamoasiga borib qo‘shilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” In'igo Martines “Al Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing