“Arsenal” Belgiya safarida yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi

Sport

image

Kecha, 10 dekabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi 6-tur doirasida jadval peshqadami “Arsenal” Belgiyaga safar qildi. Uchrashuvda Mikel Arteta shogirdlari mezbon “Bryugge”ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yin deyarli to‘liq “Arsenal” nazoratida kechdi. 25-daqiqada Subimendining aniq uzatmasidan so‘ng Noni Madueke hisobni ochdi va londonliklar birinchi bo‘limni 1:0 hisobida yakunladi.

Ikkinchi bo‘lim ham mehmonlarning faol hujumlari bilan boshlandi. 47-daqiqada Noni Madueke dublni rasmiylashtirib, hisobni 2:0 ga ko‘rinishiga yetkazdi. 56-daqiqada esa Gabriel Martinelli to‘pni darvozaga yo‘llab, natijani yirik ko‘rinishga olib keldi. Yakunda “Arsenal” 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, “Arsenal” Chempionlar Ligasi 6-turidan so‘ng 100 foizlik natija bilan jadvalda 1-o‘rinni egallab turibdi. “Bryugge” esa 4 ochko bilan 30-pog‘onani band etgan.

Navbatdagi turda londonliklar Milanda “Inter”ga qarshi maydonga tushadi, “Bryugge” esa Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi maydoniga safar qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Mikel' Arteta Chempionlar Ligasi “Arsenal”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing