Ash-Shara Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga boradi

Olam

image

Suriyaning muvaqqat yetakchisi Ahmad ash-Shara Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida ertaga, 28 yanvar kuni Moskvaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Syria TV” telekanali xabar berdi.

OAVga ko‘ra, Suriyaning o‘tish davridagi hukumati Rossiya harbiylaridan Qamishli aerodromini tark etishni so‘rashi mumkin. Moskva ushbu aerodromdan 2019 yildan buyon foydalanib kelmoqda. 

Vladimir Putin va Suriya yetakchisi o‘rtasidagi avvalgi uchrashuv oktyabr o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda tomonlar sobiq prezident Bashar Asad hukumati davrida imzolangan kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini muhokama qilgan. Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalari masalasi ham ko‘tarilgan.

Mazkur safardan biroz oldin ash-Shara “bugungi kunda Suriya Rossiya bilan tinch va barqaror munosabatlar o‘rnatganini”, bu aloqalar “strategik manfaatlarga asoslanganini” va Damashqning G‘arb, xususan AQSH bilan hamkorligiga zid emasligini ta’kidlagan.

U noyabr oyida Rossiya Suriyaga BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida zarur ekanini ma’lum qilgan. Ash-Sharaning so‘zlariga ko‘ra, Suriya qator masalalarda Rossiyaning ovoziga muhtoj. Shuningdek, u Damashq bilan Moskva o‘rtasida strategik manfaatlar saqlanib qolayotganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki yetakchi o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvdan keyin Rossiyaning yuk samolyotlari yana Suriyaning Latakiya viloyatidagi Xmeymim aviabazasiga parvoz qilishni boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Vladimir Putin Ahmad ash-Shara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing