Suriya chegarasida Turkiya bayrog‘ining yulqib olinishi ortidan 35 kishi hibsga olindi (video)
Olam
−
22 yanvar 5480 2 daqiqa
Turkiyaning Mardin viloyati Nusaybin-Qamishli chegarasi bo‘ylab o‘tishga yopiq bo‘lgan chegara darvozasidagi Turkiya bayrog‘iga qarshi provokatsiya bilan bog‘liq hodisada 14 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Qay etilishicha, Nusaybin-Qamishli chegara chizig‘ida Turkiya bayrog‘iga qarshi uyushtirilgan hujum jamoatchilikda katta norozilik keltirib chiqargan. Bayroqni yulqib olish holatiga hukumat tomonidan ketma-ket keskin bayonotlar bilan munosabat bildirilgan. Hodisa yuzasidan ma’muriy surishtiruv davom etmoqda. Suriyadagi Kurdiston oliy qo‘mitasining rasmiy qurolli bo‘linmasi Xalq mudofaasi bo‘linmalari ushbu provokatsiyani amalga oshirganlikda ayblanmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda Qamishli chegara darvozasining Suriya tomonida to‘planganlar nazorat binosi ustidagi Turkiya bayrog‘iga hujum qilganini ko‘rish mumkin. Bayroq ustundan tushirilgan paytda hududga yetib kelgan Turkiya harbiy xodimlari namoyishchilarni ogohlantirgan.
Mazkur ogohlantirishdan so‘ng namoyish vaqtida hech qanday qurbonlar qayd etilmagan va biroz vaqtdan keyin bayroq yana qayta ko‘tarilgan.
Nusaybin chegara o‘tkazish punkti 2012 yildan buyon Suriyadagi fuqarolar urushi sabab yopiq holda qolmoqda. Qarovsiz hududga kelgan namoyishchilarning bayroqqa kutilmagan hujumidan so‘ng, shunga o‘xshash provokatsiyalarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Bayroqqa qilingan hujum bo‘yicha keng qamrovli ma’muriy tergov ishlari davom etmoqda. Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiya yig‘ilishi oldidan jurnalistlar savollariga javob bergan Adliya vaziri Yilmaz Tunch bayroqni yulqib olish voqeasi bo‘yicha 35 kishi sud qarori bilan qamoqqa olingani, 50 kishi uchun qidiruv e’lon qilingani va 14 kishi tergov uchun vaqtincha ushlab turilganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Bosh assambleyasida 2026 yil byudjeti va 2024 yil yakuniy hisobot to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha ovoz berish jarayonida deputatlar o‘rtasida mushtlashuv yuz bergan edi.
Live
Barchasi