Avstraliyada fanga noma’lum asteroid izlari topildi

Olam

image

Avstraliyada ilm-fan uchun ilgari noma’lum bo‘lgan asteroidning izlari topildi. Bu haqda “Earth and Planetary Science Letters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu kashfiyot kosmik jism zarbasidan hosil bo‘ladigan tabiiy shisha – tektitlarning muzey namunalarini tahlil qilish orqali amalga oshirilgan.

Tadqiqot davomida mutaxassislar ilgari qayd etilmagan turdagi tektitlarni aniqlagan. Ularning kimyoviy tarkibi o‘ziga xos bo‘lib, yoshi qariyb 11 million yilga tengligi fosh etilgan.

Olimlar yangi topilmalarni mashhur Avstralaziya sochilma maydonidagi tektitlar bilan solishtirishdi. Avstralaziya tektitlarining yoshi taxminan 780 ming yil bo‘lib, ular Yer shari yuzasining yarmida uchraydi. Yangi namunalar esa qadimiy bo‘lib, nisbatan kichikroq hududda topilgan. Bu esa ular boshqa bir kosmik hodisaga tegishli bo‘lganini ko‘rsatadi.

Shunga qaramay, zarba oqibatida hosil bo‘lgan krater hali topilmagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qadimiy asteroid urilishlarining chastotasi va quvvatini o‘rganish kelajakdagi xatarlarni baholash va sayyorani himoya qilish usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yerga shu yilning eng katta asteroidlaridan biri yaqinlashgani va u Oy yonidan taxminan 800 ming km masofada xavfsiz uchib o‘tgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya asteroid . Avstralaziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing