Bahodir Toshmatov yangi ishga o‘tdi

Jamiyat

image

Bahodir Hamidovich Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshmatov yangi ishga o‘tishi munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Toshmatov (1964 yilda tug‘ilgan) Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini, shuningdek, Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Harbiy fanlar falsafa doktori, dotsent.

U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlarida qo‘mondonlik shtabining turli lavozimlarida xizmat qilgan. 1992−1999 yillarda Mudofaa vazirligining rahbar lavozimlarida ishlagan, 1999−2008 yillarda Mudofaa vazirligining harbiy okruglari qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan.

2008−2011 yillarda u mudofaa vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari, so‘ngra 2011−2013 yillarda — O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lib ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlanishidan oldin u mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javlon Abdujalolovich Vahobov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xavfsizlik kengashi Sherzod Asadov Bahodir Toshmatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing