Biz 200 mln tup ko‘chat ekdik – Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat
−
11:05 1994 1 daqiqa
Bugun, 1 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Xalqimiz azal-azaldan Navro‘z kunlarida, oilasida farzand tug‘ilganida tomorqasiga, maydon va xiyobonlarga, yo‘l chetlariga yaxshi niyat bilan ko‘chat qadagan, gulu rayhonlar ekkan.
Biz xalqimizga xos bunday ezgu qadriyatlar zamirida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirib, har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelyapmiz”, degan Mirziyoyev.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davrda 2 ming gektardan ziyod maydonda 942 ta yashil bog‘ va yashil jamoat parklari, 47 ta massivda “Yangi O‘zbekiston bog‘lari” barpo etildi. Respublikaning tog‘, cho‘l va adirlarida 256 ming gektar o‘rmon tashkil qilingan.
Orolning qurigan tubida 2 million gektar maydonda yashil qoplamali himoya o‘rmonzorlari yaratilgan.
Shamol va qum-chang bo‘ronlari zararli ta’sirining oldini olish maqsadida 33 ta tumanda 60 kilometrli “yashil belbog‘” hosil qilingan.
Live
Barchasi