Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
23 Sentabr 13408 1 daqiqa
O‘zbekistonlik superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov joriy yilning 6 oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkaziladigan IBA.PRO boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Bu haqida sportchi o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Boks oqshomida Jalolovga qarshi rossiyalik 36 yoshli charm qo‘lqop ustasi Vitaliy Kudukov raqib bo‘ladi. Kudukov ayni vaqtda professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, ularning 7 tasida g‘alaba qozongan. Qolgan 3 ta jangda imkoniyatni boy bergan.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov shu kunga qadar professional boksda 15 marta jang o‘tkazib, ularning 14 tasida muddatidan avval g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, Jalolov o‘zining so‘nggi jangini 5 aprel kuni Ostonada o‘tkazgan va professional faoliyatida birinchi marta raqibini nokautga uchrata olmagan edi. U ukrainalik Igor Shevadzutskiyni 10 raund davom etgan to‘qnashuvda hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan.
Live
Barchasi