BAAda Ramazon oyida ish vaqti qisqartiriladi
Olam
−
15 fevral 3348 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklarida 2026 yil Ramazon oyi munosabati bilan xususiy sektor xodimlari uchun ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi. Bu haqda joriy yilning 12 fevral kuni mamlakat Mehnat resurslari vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, odatda 8–9 soat ishlaydigan xodimlar ramazon oyida 6–7 soat ishlaydi. Belgilangan me’yordan ortiq ishlangan vaqt qo‘shimcha ish hisoblanadi va alohida haq to‘lanadi. Kompaniyalar ish jadvalini moslashuvchan tarzda tashkil qilishi mumkin. Jumladan, masofadan turib ishlash yoki ish vaqtini qonun doirasida o‘zgartirishga ruxsat etiladi.
Davlat xizmatchilari uchun ham yengillashtirilgan ish tartibi joriy qilinadi. Dushanbadan payshanbagacha ish vaqti soat 09:00 dan 14:30 gacha, juma kuni esa tushgacha davom etadi. Uzluksiz ishlashni talab qiladigan sohalar bundan mustasno.
Mazkur choralar fuqarolarga oila, ibodat va ruhiy amaliyotlarga ko‘proq vaqt ajratish imkonini berish maqsadida qabul qilingan.
Astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026 yilda Ramazon oyi BAA va aksariyat musulmon davlatlarida 19 fevral kuni boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliyaning London shahridagi mashhur Koventri ko‘chasi muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan to‘rtinchi bor maxsus bezatilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi