Balandlikka sakrashda jahon rekordi yangilandi
Sport
−
16 Sentabr 3093 2 daqiqa
Kecha, 15 sentyabr kuni shvetsiyalik sportchi Arman Dyuplantis langarcho‘p bilan sakrashda jahon rekordini yana bir marta yangiladi. Tokioda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida u 6 metr 30 sm balandlikka sakradi. Natijada u uchinchi marta jahon chempioni bo‘ldi va yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Dyuplantis joriy yilning 12 avgust kuni Vengryaning Budapesht shahrida o‘rnatgan o‘z rekordini 1 santimetrga yangiladi. Bu natija bilan Dyuplantis tayanib sakrash bo‘yicha so‘nggi 8 ta jahon chempionatida oltin medalga ega chiqmoqda. Shvetsiyalik sportchi xalqaro yengil atletika federatsiyasi tomonidan jahon chempionatida oltin medal sohiblariga beriladigan 70 000 dollardan tashqari jahon rekordini o‘rnatgani uchun yana 100 000 dollar miqdordagi bonus pullarini oladi.
Dyuplantisning barcha jahon rekodlari ro‘yxati:
- 6,17 m – 2020 yil 8 fevral (Torun, Polsha)
- 6,18 m – 2020 yil 15 fevral (Glazgo, Buyuk Britaniya)
- 6,19 m - 2022 yil 7 mart (Belgrad, Serbiya)
- 6,20 m – 2022 yil 20 mart (Belgrad, Serbiya)
- 6,21 m – 2022 yil 24 iyul (Yevgeniy, AQSH)
- 6,22 m – 2023 yil 25 fevral (Klermon-Ferran, Fransiya)
- 6,23 m – 2023 yil 17 sentyabr (Yevgeniy, AQSH)
- 6,24 m - 20 aprel 2024 yil (Xiamen, Xitoy)
- 6,25 m – 2024 yil 5 avgust (Parij, Fransiya)
- 6,26 m – 2024 yil 25 avgust (Chorzov, Polsha)
- 6,27 m – 2025 yil 28 fevral (Klermon-Ferran, Fransiya)
- 6,28 m – 2025 yil 15 iyun (Stokgolm, Shvetsiya)
- 6,29 m – 2025 yil 12 avgust (Budapesht, Vengriya)
- 6,30 m – 2025 yil 15 sentyabr (Tokio, Yaponiya)
Ma’lumot uchun, Dyuplantis 2020 yil fevralidan beri langarcho‘pda sakrash bo‘yicha dunyo rekordchisi hisoblanadi. U Tokio Olimpiadasi chempioni va Yevropa chempioni ham sanaladi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr