O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo va jahon rekordini yangiladi
Sport
−
10:09 2596 1 daqiqa
Kecha, 5 fevral kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahri mezbonligida o‘tayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionatining pnevmatik to‘pponchadan 10 metrdan otish bo‘yicha kechgan miks (aralash) dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Muhammad Kamalov va Nigina Saidqulova Osiyo va jahon rekordini yangilab, oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
Qayt etish joizki, ushbu dasturda Kamalov va Saidqulova bellashuvlarda 481.3 ball jamg‘arib, mazkur yo‘nalishdagi Osiyo va jahon rekordini yangilashga erishdilar.
Ma’lumot uchun, Muhammad Kamalov 2025 yilda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida o‘q otish sport turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Altin mergen” Gran-Pri xalqaro musobaqasida ham ishtirok etib, bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Nyu-Dehli shahri mezbonligida o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik atlet Navro‘za Axmatova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempionati sovrindorlari qatoridan o‘rin olgan edi.
Live
Barchasi