“Barselona” Angliyada durang o‘ynadi
Sport
−
11 mart 1170 1 daqiqa
Kecha, 10 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning “Barselona” jamoasi safarda Angliyaning “Nyukasl” klubi bilan durang o‘ynadi.
Nyukasl-apon-Tayn shahrida o‘tgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Mezbonlar safida Xarvi Barns 86-daqiqada gol urgan bo‘lsa, kataloniyaliklar Lamin Jamalning 90+6-daqiqada penalti orqali kiritgan goli evaziga hisobni tenglashtirdi.
Jamoalar bundan avval ham turnirning asosiy bosqichida o‘zaro to‘qnash kelgan edi. O‘shanda kataloniyaliklar safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Endilikda ushbu jamoalar o‘rtasidagi 1/8 final javob uchrashuvi joriy yilning 18 mart kuni Barselonada bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, kechagi 10 mart kungi uchrashuvlar doirasida “Galatasaroy” “Liverpul” 1:0 hisobida “Bavariya” “Atalanta”ni 6:1 hisobida, “Atletiko Madrid” “Tottenxem”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Live
Barchasi