JCHda VAR qoidalariga muhim o‘zgarishlar kiritiladi
Sport
−
30 may 1806 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati oldidan VAR tizimidan foydalanish tartibiga bir qator muhim o‘zgarishlar kiritiladi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Avval amalda bo‘lgan qoidalarga ko‘ra, VAR faqat to‘rt holatda aralashishi mumkin edi: gol epizodlari, qizil kartochkalar, penalti bilan bog‘liq qarorlar va noto‘g‘ri futbolchini jazolash holatlarida.
Yangi tartibga muvofiq, VAR vakolatlari yana ikki holat bo‘yicha kengaytirilmoqda:
Burchak to‘plari – agar VAR burchak to‘pi noto‘g‘ri belgilangan deb hisoblasa, epizodni qayta ko‘rib chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ikkinchi sariq kartochka orqali chetlatish – agar futbolchi ikkinchi sariq kartochka natijasida qizil kartochka olgan bo‘lsa va VAR bu qarorni xato deb baholasa, hakam qarori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Shu bilan birga, qolgan barcha hakamlik qarorlari avvalgidek VAR aralashuvi doirasidan tashqarida qoladi.Mazkur o‘zgarishlar hakamlik xatolarini kamaytirish va bahsli vaziyatlarda yanada adolatli qaror chiqarilishini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.
Live
Barchasi