Belgiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning O‘zbekistondagi elchisi Erik De Mayerdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarga oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilingan. O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida savdo, investitsiyalar va biznes sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, amaliy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgiya Tashqi ishlar vaziri Maksim Prevot qirollik Toshkent shahrida elchixona ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Uning bildirishicha, Markaziy Osiyo katta strategik imkoniyatlarni taqdim etadi, xususan, Transkaspiy yo‘lagi (“yangi Ipak yo‘li”)ni rivojlantirish orqali.

O‘zbekiston Respublikasi va Belgiya qirolligi o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 10 martda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi elchixonasi esa 1995 yil iyun oyida ochilgan. Bungacha Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozog‘istonning Ostona shahrida Belgiya elchixonasi mavjud bo‘lgan. Toshkentda esa faxriy konsullik faoliyat yuritadi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Baxtiyor Saidov Bel'giya Erik De Mayer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing