Belarus terma jamoasi Polsha chegarasida 12 soat ushlab turildi

Sport

image

Belarus milliy terma jamoasi Daniyaga qarshi 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi o‘yin uchun Kopengagenga safar chog‘ida jiddiy logistika muammolariga duch keldi. Futbolchilar va murabbiylar shtabi Polsha chegarasida 12 soat ushlab turildi. Bu haqda Belarus futbol federatsiyasi xabar qildi.

Rejaga ko‘ra, jamoa Minskdan avtobusda Vilnyusga yetib borib, u yerdan charter reys bilan Daniya poytaxtiga uchishi kerak edi. Ammo Litvaning 29 oktyabrdan boshlab Belarus bilan chegarani to‘liq yopish qarori sabab, yo‘nalish o‘zgartirilgan va jo‘nash Varshavaga ko‘chirildi.

Federatsiya ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa 13 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da Minskdan Belarus futbol federatsiyasi (ABFF) tomonidan ajratilgan avtobusda yo‘lga chiqqan. Belarus chegarasi tezda kesib o‘tilgan bo‘lsa-da, Polsha tomonda kutilmagan muammo yuzaga kelgan.

“Noma’lum sabablarga ko‘ra neytral hudud va Polsha nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tish jarayoni 12 soatdan ortiq vaqt oldi”,  deyiladi ABFF bayonotida.

Ushbu katta kechikish tufayli belgilangan charter reysi jadvali buzilgan. Federatsiya zudlik bilan Varshava – Kopengagen yo‘nalishidagi reys vaqtini o‘zgartirish uchun muzokara olib borishga majbur bo‘lgan.

Kechikishlarga qaramay, rejadagi tadbirlar o‘zgarmagan. Joriy yilning 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Daniya – Belarus uchrashuvi va “Parken” stadionida o‘yinoldi matbuot anjumani ham o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Pol'sha Belarus' murabbiy Daniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing