Bivol dunyoning eng yaxshi bokschilarining top-5 ligidan chiqib ketdi

Sport

image

Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol “Thye Ring” nashrining vazn toifasidan qat’i nazar tuzilgan reytingida kuchli beshlikdan chiqib ketdi. Bu haqda jurnalning rasmiy sayti xabar berdi.

Bivol reytingda bir pog‘ona pastlab, beshinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushdi va o‘z o‘rnini amerikalik David Benavidesga bo‘shatib berdi. Benavides joriy yilning 2 may kuni kuni meksikalik Xilberto Ramiresni mag‘lub etib, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.

Yaponiyalik Naoya Inoue esa, vatandoshi Dzyunto Nakatanini mag‘lub etib, super  vazn toifasidagi jahon chempionligi kamarini yettinchi bor himoya qildi va reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa, u ukrainalik Aleksandr Usikni ortda qoldirdi. Kuchli uchlikni esa, amerikalik Shakur Stivenson yakunlab turibdi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Bivol professional faoliyati davomida 24 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 30 may kuni u Yekaterinburg shahrida RCC Boxing turnirida germaniyalik Mixael Ayfertga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang Xalqaro boks federatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha majburiy da’vogarlik maqomini belgilaydi. Bu jang Bivol uchun 2025 yil fevral oyida vatandoshi Artur Beterbiyevni mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylanganidan keyingi ilk bahs bo‘ladi. Shundan so‘ng, u WBC kamaridan mahrum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting Dmitriy Bivol David Benavides

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing