Benzema “Real”ga qaytishi mumkin

Sport

image

“Al Ittihod”ning 38 yoshli hujumchisi Karim Benzema Saudiya klubi bilan shartnomasi yakunlagandan so‘ng, sobiq jamoasi “Real Madrid”ga qaytishi mumkin. Bu haqda futbolchi AS nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men hech qachon yo‘q deya olmayman. Florentino o‘zgacha inson. Agar u hali u erda bo‘lsa, bu sodir bo‘lishi mumkin. Men Madridistman. Madrid hali ham mening shahrim. Keling, nima bo‘lishini ko‘ramiz”,  deydi Benzema.

Intervyu davomida Benzema Vinisius haqida ham fikr bildirdi. U yosh hujumchini “Oltin to‘p”ga nomzod sifatida yuqori baholadi, lekin unga g‘alabaga erishish uchun ba’zi o‘zgarishlar kerakligini ta’kidladi:

“Menimcha, u bir kun kelib “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin. Bu qiyin, lekin u uddalay oladi. U faqat futbol o‘ynashga e’tibor qaratganida haqiqiy imkoniyatga ega bo‘ladi. U sifatga ega va bunga erishish uchun eng yaxshi joyda”, deydi Benzema.

Shuningdek, Benzema Vinisiusning bahsli vaziyatlarini himoya qilib, uning maydondagi xatti-harakatlarini tushuntirdi:

“U hali yosh, lekin “Real Madrid”da ko‘p o‘yin o‘tkazdi. Odamlar uning qilgan ishlarini unuta olmaydi. Hozir uni yomon o‘ynayapti, deb ayta olmaysiz – bu adolatsizlik. U juda yaxshi o‘ynayapti va bundan ham ko‘proq narsaga qodir. Uning xarakteri shunday, maydondan olinganda jahli chiqadi”, deya qo‘shimcha qildi fransiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Karim Benzema “Real Madrid”da 2009–2023 yillar oralig‘ida harakat qilgan va klub bilan 4 marta La Liga chempioni va 5 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Karim Benzema “Real Madrid” “Al Ittihod”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing